quranuz saytidagi bir oyat mazmuni haqida

Assalamu alaykum,www.quran.uz saytida Takwir surasining ma‘nolar tarjimasini o‘qiyotgan edim (https://quran.uz/tarjima/quran/81) bir narsaga ko‘zim tushib qoldi. U joyda quydagicha keltirilgan:19 إِنَّهُ لَقَوْلُ رَسُولٍ كَرِيمٍ19 . Albatta u(Qur’on) karamli Rasulning so‘zidir.Bu erda tarjimada xato ketilganmi yoki men noto‘g‘ri tushunyapmanmi?Javobingiz uchun oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Albatta u (Qur’on) karamli Rasulning so‘zidir.Ya’ni, Muhammad sallollohu alayhi vasallamning, so‘zidir.Bu erda Qur’oni Karimni Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamga nisbat berilishi U zot sallollohu alayhi vasallam u kalomni tilovat qiluvchi va kishilarga etkazuvchi ekanliklari e’tiboridandir.

2 May 2022, 09:08 | Savol-javoblar | 146 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar