Taloq ajrim

Assalomu alaykum! Opamni 2ta farzandi bor. Xo‘jayini koreada uydagilari bilan janjallashib uyimizga kevogan. Na eri tel qiladi na pul jo‘natadi. Uyinga tashab kelamiz desak 4 marta taloq qo‘yib 4 nikox o‘qitganmiz yashagim yo‘k deyabdi. Nima maslaxat berasizlar ajrashtirvoganmiz maqulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqiqatda 4 marotaba taloq qo‘ygan bo‘lsa va orada boshqa erga tegib ajrashmagan bo‘lsa ularning qayta nikohlari durust emas. Siz o‘zingizga yaqin erdagi ahli ilmga murojaat qilib holatingizni aniqlashtirib oling. Vallohu a’lam!

9 Dekabr 2023, 17:20 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar