Mashinalardagi "My life my rules" yozuvi

Assalomu alaykum! Hozirda ko‘pchilik xaydovchilar «my life my rules» shiori bitilgan nakleykalarni o‘z avtoulovlariga yopishitirib yurishibdi. Internetdagi ma’lumotga ko‘ra bu shior ilk bor 1970-yil Nyu-Yorkda o‘tkazilgan gey-paradda aytilgan va u hozirgi kunda gomoseksuallarning shioriga aylangan. Bizda esa uni ko‘pchilik bilib-bilmasdan yopishitrib yurishibdi. Bu ham ommaviy madaniyatning xayotimizga suqilib kirishining bir ko‘rinishi emasmi? O‘shalarni ogohlantirish kerkmikin? Alloh ilmlaringizni bundanda ziyoda kilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qiyomatgacha qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lmasin musulmon ummatlariga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, bas u o‘shalardandir” degan qoidani aytganlar. عن جابر قال: سمعت النبي صلى الله عليه وسلم يقول: يبعث كل عبد على ما مات عليه. وفي الديباج على مسلم: يبعث كل عبد على ما مات عليه أي على الحالة التي مات عليها Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning : “Har bir banda qaysi holatda vafot topsa (qiyomat kuni) o‘sha holatda tiriltiriladi” deyayotganlarini eshitdim. Muslim rivoyati. Shuning uchun inson hamma vaqt qiyomat kuni butun insoniyat qayta tirilganda sharmanda bo‘lmaydigan holatda bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 20:03 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar