Do‘stni taklif qilganlik uchun pul olish

Assalomu alaykum! Men bir xalqaro bank kartasini ochdim. Hisob raqam ochish bepul, agarda karta olmoqchi bo‘lsangiz kartani o‘ziga pul to‘lashingiz kerak bo‘ladi va uyingizga olib kelib berishadi. Istalgan odam u erda hisob raqam ochib, ishlatishi mumkin. Savollarim quyidagicha. 1. Agarda men biron bir do‘stimni taklif qilsam o‘sha bank menga va do‘stimga qandaydir miqdorda pul beradi hisob raqam ochilgani uchun. Shu pulni olish joizmi? 2. Bu xalqaro moliyaviy kompaniya kriptovalyutalar bilan ham shug‘ullanadi. Ya’ni bu hisob raqam bilan siz kriptovalyuta sotib olishingiz yoki sotishingiz mumkin. Bu hisob raqamni ishlatish joizmi? Men buni faqat pul to‘lash yoki odatiy kunlik to‘lovlarni to‘lash uchun ishlataman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Umumiy holatda dallollik uchun haq olish joiz. Bunda reklama qilinuvchi tarafning faoliyati shariatga zid bo‘lmasligi shart qilinadi. Shunga ko‘ra o‘sha kompaniya noshar’iy faoliyat yuritadigan bo‘lsa boshqalarga uni tavsiya qilishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

5 Avgust 2022, 19:23 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar