Do‘stining xatini o‘qish
Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim birodarining maktubiga uning iznisiz nazar solsa, huddi dozax otashiga nazar solgandek bo‘ladi" (Abu Dovud rivoyati) shu gapga bir do‘stdim ishonmayotgan edi shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ سُهَيْلٍ، عَنْ أَبِيهِ، حَدَّثَنَا أَبُو هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّهُ سَمِعَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَنْ اطَّلَعَ فِي دَارِ قَوْمٍ بِغَيْرِ إِذْنِهِمْ فَفَقَئُوا عَيْنَهُ فَقَدْ هَدَرْتُ عَيْنَهُ Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: «Kim bir qavmning hovlisiga ularning iznisiz nazar solsa, ularga uning ko‘zini o‘yib olishni halol qildim». (Sunani Abu Dovud).
Imom Abu Dovud hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan boshqa hadisda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam:مَنْ نَظَرَ فِي كِتَابِ أَخِيهِ بِغَيْرِ إِذْنِهِ فَإِنَّمَا يَنْظُرُ فِي النَّارِ؛ «Kim birodarining maktubiga uning iznisiz nazar solsa, xuddi do‘zax otashiga nazar solgandek bo‘ladi», deganlar.
Ushbu ikki hadisi sharifdan Islomda shaxsning daxlsizligi nihoyatda yuqori darajada himoya qilinishi ko‘rinib turibdi. Birovning uyiga ruxsatsiz kirib borish u yokda tursin, ruxsatsiz qarash, ko‘z tashlash ham mumkin emas. Chunki ko‘z tashlagan odam ichkarida uy egasi, uning ahli ayolini har xil holatda ko‘rishi, boshqalardan sir tutgan narsalaridan voqif bo‘lib qolishi mumkin. Yana boshqa ko‘pgina noqulay holatlar vujudga kelishi ehtimoli bor. Vallohu a’lam!
14 Dekabr 2023, 11:06 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar