Soqol qo‘yish haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, hozirgi kunda ko‘pchilik ikki jag‘ atrofiga soqol qo‘ymoqda. Bu ish shar’an to‘g‘rimi? Ummuman olganda soqol qo‘yishning ham o‘ziga xos qoidalari bormi? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ  رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه و سلم قَالَ: يَكُونُ قَوْمٌ يَخْضِبُونَ فِي آخِرِ الزَّمَانِ بِالسَّوَادِ كَحَوَاصِلِ الْحَمَامِ لَا يَرِيحُونَ رَائِحَةَ الْجَنَّةِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Oxir zamonda soch-soqolini kabutarning to‘shiga o‘xshatib qoraga bo‘yaydigan qavmlar bo‘lur. Ular jannatning hidini ham hidlamaslar», dedilar». Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. Sharh: Ulamolarimiz ushbu rivoyatdagi «kabutarning to‘shiga o‘xshatib» degan ma’noni ikki xil tushunish mumkin, deydilar. Birinchisi – oxir zamonda bir qavmlar chiqadiki, ular soqolni faqat jag‘lariga xuddi kabutarning to‘shiga o‘xshatib qo‘yadilar. Bunda sunnatga xilof qilib, faqat iyakkagina soqol qo‘yish ham qoralangan bo‘ladi. Ikkinchisi – oxir zamonda bir qavmlar chiqadiki, ular soqolni xuddi kabutarning to‘shiga o‘xshatib qoraga bo‘yab yuradilar. Demak, ikki mazkur ish ham yaxshi emas ekan. Ulamo ahli soch-soqolni qoraga bo‘yash haqidagi barcha dalillarni chuqur tahlil qilib chiqib, soch-soqolni qoraga bo‘yash makruh, degan qarorga kelishgan.("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 11:35 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar