Farzand ko‘rishdan qo‘rqish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bizga ma’lumki oila qurish, farzand ko‘rish sunnat darajasidadir. Bolalarni ko‘paytirish to‘g‘risida ko‘plab xadislar bor. Men o‘zim shaxsan payg‘ambarimiz bizning kup ekanligimizdan faxrlanishlarini istayman. Lekin meni xavotirga soladigan narsa shuki farzandlarimiz yoki ularning bolalari kelajakda og‘ir, katta gunoxlar sodir etishsa, Xudoyim saqlasin, bizlar ularni dunyoga kelishiga sababchi bo‘lganmizku. Xech kim farzandining azob chekishini istamaydi. Shuningdek befarzand oilada baxt xam to‘kis bo‘lmaydi. Albatta qulimizdan kelgancha bolalarga ta’lim tarbiyat berishga xarakat qilamiz ammo xech kim farishta emas. Man to‘g‘risini aytsam birorta avlod Allohni taniyolmay o‘tib kolishidan juda qo‘rqaman. Man farzand tug‘ishga qo‘rqayapman. Maslaxatingizga va ilmingizga muxtojman. Iltimos, ushbu savolimga javob yozsangiz. Hurmat bilan Buxorodan muxlisangiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday qo‘rqinch bo‘lishi albatta yaxshi. Bu mas’uliyatni xis qilish hisoblanadi. Siz farzand ko‘rib, unga yaxshi tarbiya berishga harakat qiling. Allohdan noumid bo‘lmang. Alloh haqida nimani o‘ylasangiz o‘sha bo‘ladi. Eng yaxshi tilaklarni tilab farzand ko‘rishga harkat qiling.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:05 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar