O‘zimni haqqim
Assalomu alaykum! Men internet do‘konidan kiyim harid qilish uchun ho‘jaynimdan pul so‘radim va ular karta raqam orqali oladigan mahsulotim summasini o‘tqizib berdilar, onlayn sotuvchi ayolga. Va oradan 2 3 soatlar o‘tib onlayn sotuvchi ayol aldanib qoganini (u ham endi onlayn biznes boshlaganini bilar edim) maxsulot jo‘natadigan boshqa bir ayolga pullarni o‘tqizib bergan zahoti, telegramdan bloklab guruhlaridan chiqazib yuborganini aytdi va rasmlar ham tashladi. Men bunga ishondim va u menga sizni pulizni ham qilib beraman 1 2 kunda dedi oradan 3 kun o‘tdi va man undan tezroq pullarni o‘tqizib berishini ho‘jeynimdan bo‘lmasa gap eshitishimni aytdim, u ayol aldamiyotganini rostaanam o‘zi aldanib qolganini, naxt puli bor lekin o‘tqazishga imkon bo‘lmiyotganini aytdi, endi menga u pullarni o‘tqazib bersa menga halol bo‘ladimi, havotrdaman rostan ham aldanib qolgan bo‘lsalar o‘zini mablag‘idan man bergan pullarni qilib bersa manga halol bo‘lmasachi deb o‘ylab qoldim, qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pulingizni qaytarishini talab qilsangiz bo‘ladi. U sizning haqqingiz. Vallohu a’lam!
16 Dekabr 2023, 10:58 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pulingizni qaytarishini talab qilsangiz bo‘ladi. U sizning haqqingiz. Vallohu a’lam!
16 Dekabr 2023, 10:58 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat