Salovot aytish

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, salovot aytish ham bir ibodat deb eshitganman. 5 vaqt namoz ibodatlarini ado etishga imkon yo‘q Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nomlariga salovot aytib yurishni yaxshi ko‘raman, tahoratsiz holda aytilgan keng ma’noli salovotlar qabul bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo hozirgi kunda namoz o‘qishga sharoit bo‘lmasligi mumkin emas. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishingiz boshqa ibodat, namoz boshqa ibodat. Har kuni 5 vaqt namoz o‘qishni Alloh taolo kalomida farz qilgan. Shuning uchun o‘qimagan namozlaringizni toki qazolarini o‘qib chiqmaguningizcha o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Salovatni musulmon odam umrida bir marta aytishi farz, doim aytib yurish mustahabdir. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 03:56 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar