To‘yga xotinimni yolg‘iz jo‘nataymi?
Assalomu alaykum! Men Xorazmda yashayman. 5 ta to‘yning 4 tasida aroq bo‘ladi. Afsuski raqqoslar ham bo‘ladi. Mening qarindoshlarimnikida ham bo‘ladi. Agar aroq bor deb bormasam, ko‘pchilik qarindoshlarim bilan munosabatlarimizga putur etadi. Bu holatda to‘yga borsam (silayi rahmni saqlab qolish uchun) va aroq qo‘yilmaydigan stolda o‘tirib, hech narsa emasam bo‘ladimi? O‘zi shundog‘am o‘lganlarning 3, 7, 40, yillariga bormayapman. Otam ko‘p urushadi bor deb. Qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Nima qilsam to‘g‘riroq bo‘ladi? Hozir to‘ylar ko‘p bo‘lyapti. Bittasiga bormadim, aroq sabab. Xotinimni qarindoshlari to‘yga taklif qilishdi, bormadim, xotinim ham, qaynona qaynotamga ham bu ishim yoqmadi. Xotinimni qarindoshini to‘yi indinga. U to‘yga bormoqchi. Bormaysan desam uyidagilari janjal qilib olib ketishadi. Shu holatda men to‘yga xotinimni yolg‘iz jo‘natishim kerakmi? Yoki birga boraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xamr qo‘yilgan dasturxonda o‘tirish joiz emas. “Men baribir ichmaymanku, bo‘laversa kerak” deb o‘ylash xato. Unda joyda o‘tirganlarning barchalari, xamr ichgani ham ichmagani ham gunohkor bo‘ladilar. O‘zingiz ham ayolingiz ham aslo unday joyga bormanglar. Hadisi sharifda bunday deyilgan:عن جابر رَضِي اللهُ عَنْهُ أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال من كان يؤمن بالله واليوم الآخر فلا يقعد على مائدة يدار عليها الخمرJobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa unda xamr aylantiriladigan dasturxonda o‘tirmasin”, dedilar.
Termiziy rivoyati
Chunki unday joyda Alloh taoloning amriga xilof qilinmoqda, buning ko‘rib, bilib turganlar esa uni qaytarishga yoki tashlab ketishga qodir bo‘la turib sukut saqlamoqdalar. Bu ishlari oxir oqibat o‘zlarini ham o‘sha gunohga qo‘l urishlariga olib borib qo‘yishi mumkin. Umar ibn Abdulazizga bir to‘da aroqxo‘rlar ishi ko‘tarilganida, ularga qo‘shib, ular bilan birga o‘tirgan ro‘zadorga ham darra urdirganlar.
Alloh taolo “Niso” surasida bunday marhamat qiladi:وَقَدْ نَزَّلَ عَلَيْكُمْ فِي الْكِتَابِ أَنْ إِذَا سَمِعْتُمْ آيَاتِ اللّهِ يُكَفَرُ بِهَا وَيُسْتَهْزَأُ بِهَا فَلاَ تَقْعُدُواْ مَعَهُمْ حَتَّى يَخُوضُواْ فِي حَدِيثٍ غَيْرِهِ إِنَّكُمْ إِذًا مِّثْلُهُمْ إِنَّ اللّهَ جَامِعُ الْمُنَافِقِينَ وَالْكَافِرِينَ فِي جَهَنَّمَ جَمِيعًا140. Batahqiq, sizlarga kitobda: «Allohning oyatlariga kufr keltirilgan va ularni istehzo qilingan choqda, boshqa gapga o‘tmagunlaricha ular bilan o‘tirmanglar», deb tushirdi. Agar o‘tirsangiz, siz ham ularga o‘xshashsiz. Albatta, Alloh munofiq va kofirlarning hammasini jahannamda jamlovchidir.
Alloh taolo kitobda, ya’ni, Qur’oni Karimda mo‘minlarga Allohning oyatlari haqida kufr va istehzo gaplar bo‘layotgan majlisda o‘tirmaslikka amr qilgan edi. Bu amr Makkai Mukarramada nozil bo‘lgan al-An’om surasida kelgan. Chunki mo‘min kishining bu kabi majlislarda jim o‘tirishi, munofiqlikning boshlanishidir. Har bir mo‘min Alloh, Islom, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam va Qur’on kabi mo‘’tabar tushunchalar haqida yomon, axloqsiz gap-so‘zlarni eshitgan chog‘ida qarshi chiqmoqqa, hattoki to‘g‘rilamoqqa burchlidir. Kimki bunday hollarda jim o‘tirsa, munofiqlik yo‘liga qadam qo‘ygan bo‘ladi. Shuning uchun ham Alloh taolo O‘zining oyatlariga kufr keltirilayotgan, ularni istehzo qilinayotgan majlisda o‘tirganlarni munofiqlarga tenglashtirmoqda. Bu esa, juda xatarlidir. Munofiqlik va kofirlik bu dunyoda Islomga, iymonga birgalikda qarshi bo‘lganlari uchun ham, u dunyoda:
«Albatta, Alloh munofiq va kofirlarni jahannamda jamlovchidir». (“Tafsiri hilol” kitobidan)/ Vallohu a’lam!
19 Dekabr 2023, 16:52 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush