Buddistlarga aldab mol go‘shti edirish

Assalomu alaykum! Men yaqinda xindiston davlatida bo‘ldim. U erda bilamiz mol go‘shti eyishmaydi men o‘zim bilan mol go‘shti qiymasini olgan edim. Mexmonxonada ovqat tayyorlab eyar edim. Bir kun tarjimon kelib qoldi va u qanaqa go‘shtdan taom tayyorlaganimni mol go‘shti bo‘lmasa eyman dedi. Men unga ataylab qo‘y go‘shti deb ovqat berdim, u edi. Men tomonimdan bu qilgan ishim gunoxmi? Zotan musulmon kishi yolg‘on gapirishi joiz emas shunga unda kechirim so‘rashim kerakmi yoki tovba qilishim kerakmi o‘ylanib qoldim!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on gapirganingiz uchun gunohkor bo‘lgansiz. O‘sha kishidan uzr so‘rashingiz esa lozim emas. Vallohu a’lam!

19 Dekabr 2023, 17:02 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar