Chilla Yosin qilish tartibi

Assalomu alaykum! Ayolimni muntazam bosh og‘riqi qiynagani sababli masjiddagi domlaga dam soldirish uchun olib borgandim. Ular ayolingni ichida jin shaytonlar bor, chilla yosin o‘qib dam solish kerak deyishdi. Ho‘p deb ularga aytilgan vaqtda olib bordim. Ayolim homilador ekanligi sababli uni qulog‘iga malum bir suralarni o‘qib dam soldilar. Meni esa yotqizib qo‘yib kichkina xivchin tayoqcha bilan savalashdi. Shu qadar tinimsiz savalashganidan badanimda juda kuchli og‘riq bo‘ldi va o‘rni qizarib ham qoldi. Sababini so‘rasam ichingdagilarni chiqarish uchun deyishdi. Chilla Yosin o‘qishni tartibi shunday bo‘ladimi? Qulog‘imga bir martagina Yosin surasini o‘qishdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bosh og‘rig‘i qiynayotgan bo‘lsa avvalo mutaxassis shifokorlar ko‘rigiga borish kerak. Har narsani jin-shaytonlardan deb bilaverish to‘g‘ri emas. Shifokorlar bosh og‘rig‘i sababi nimada ekanini topa olmasalar ana o‘shanda mutaxassis ruqiyachilarga uchrasangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

20 Dekabr 2023, 13:55 | Savol-javoblar | 0 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar