Muborak xaj mavsumiga oid
Assalomu alaykum! Onam 2017 yil muborak xaj ziyoratida bo‘lgan edilar. Yaqinda soch kesmasdan exrom echsa xaji xaj bo‘lmaydi deb eshitib qolibdi. Shunga xozir juda ziq bo‘lib o‘tiribdi meni ammallarimda nuqson bor deb. Shu xatoni qanday to‘g‘irlasa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gumoni va xayolida o‘zini ehromdan chiqqan deb o‘ylovchi kishining hukmi. Ehromdagi kishi ehromdan chiqishni iroda qilib, o‘zini halol, ya’ni ehromdan chiqqan deb o‘yladi va ehromda man’ etilgan ishlarni qila boshladi. Masalan, haj yoki umra arkonlarini ado etib bo‘lgandan so‘ng yoki barcha arkonlarni ado etishdan oldin hali soch oldirmay turib o‘zini (nimadir sabab bo‘lib) ehromdan chiqqan, deb hisobladi. Binobarin, ehromsiz kishiga o‘xshab tikilgan kiyimlar kiyib oldi, xushbo‘y surtdi, ov qildi, ayoli bilan ham qo‘shildi. Xullas, ehromda man’ etilgan juda ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Bunday suratda unga faqatgina bir qurbonlik lozim bo‘ladi. Jinoyatlar ko‘payib ketishi bilan kafforatlar ham ko‘payib ketmaydi. Chunki u o‘zini ehromdan chiqqan deb o‘ylash natijasida mazkur jinoyatlarni amalga oshirdi. Shunday bo‘lsada, uni hali ehromdan chiqmagan deb sanaladi. Shu bois u yana ehrom holatiga qaytib, chala qoldirilgan arkonlarni ado etgach, soch qirdirib yoki qisqartirib, ehromdan chiqishi lozim («G‘unyatun-nosik»). Vallohu a’lam!
20 Dekabr 2023, 13:35 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar