2 yoshgacha emizish

Assalomu alaykum! Farzandni ona 2 yoshgacha emizmoqchi bo‘lsayu, otasi qarshilik qilib, xech bir sababsiz emizishiga qo‘ymagan bo‘lsa buning javobi qanday bo‘ladi, onada xech qanday kasallik yo‘q?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-ona ikkisi birgalikda maslahat ila shuni istasalar va bunda bolaga zarar etmasa sutdan ajratishlariga monelik yo‘q. Alloh taolo "Baqara" surasi 233-oyatida aytadi:
«Agar o‘zaro rozi bo‘lib, maslahatlashib, sutdan ajratishni iroda qilsalar, ikkovlariga gunoh yo‘q».
Ya’ni agar ota bilan ona o‘zaro maslahat qilib, rozi bo‘lib, bolani ikki yildan oz yoki ko‘p muddatda sutdan ajratmoqchi bo‘lsalar, gunohi yo‘q, bu o‘zlarining ishlari. Faqat bolaning foydasini ko‘zlasalar bo‘ldi. Shu bilan birga, turli holatlar ham bo‘lib turadi. (Tafsiri hilol). Vallohu a’lam!

20 Dekabr 2023, 16:55 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar