Birovlarning xaqqi

Assalomu alaykum! Men 12-15 yoshlarimda 2003-2006-yillarda bug‘doyni un qilib beradigan tegirmon ishlatganman. Ming afsuslar bo‘lsinki otam-onam man o‘sha ishlagan vaqtimda mijozlardan bug‘doyni o‘lchab olganda xam o‘lchab berganda xam o‘zimizning foydamizga qilib urib qolganmiz. Deyarli 2-3yil odamlarni xaqqidan urib qolganmiz. O‘sha odamlaring xaqqini qanday ado qilsak bo‘ladi? Bilaman banda bilan banda orasidagi xaq qiyomat kuni olib beriladi. Gunoximizi tan olamiz ming afsuski xato qildik lekin Robbimizdan umidvormiz. Kimdan qancha miqdorda bug‘doy olib un berganimiz to‘g‘risida malumotimiz yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizni tarozimiz buzuq edi ekan, kimni bizda haqqi qolgan bo‘lsa olib ketsin deb aytinglar, e’lon beringlar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 23:12 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar