Maktabdagi attestatsiya
Assalomu alaykum! Men maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Biz maktabda fanimiz bo‘yicha attestatsiyadan o‘tamiz. O‘tsak, oyligimiz ko‘tariladi. Sinov test shaklida bo‘ladi. Test sinovlari dastlab Toshkentda, keyin viloyatlarda bo‘lib o‘tadi. Biz viloyatdanmiz. Test mutaxassislar tomonidan taxminan 500 ta tuziladi. Kompyuter shundan har bir o‘qituvchiga 40 tasini tanlab beradi. (tasodifiy shaklda) Toshkentda imtihonga kirgan o‘qituvchilar o‘ziga tushgan savollarni bizga aytsa, o‘sha savollar ham bizga ham tushsa, to‘g‘ri hisoblanadimi? Aynan o‘sha savollar tushishi noaniq, lekin ehtimoli juda yuqori. Yoki u savollarni olmaylikmi? Men qidirmasam ham ba’zi tanishlarim menga jo‘natishadi. Lekin ularga ham, bizga ham 500 talik savollar ichidan kompyuter tanlab beradi? Nima qilaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha imtihondan maqsad o‘qituvchilar aynan o‘sha 500 ta testda so‘ralgan ma’lumotlarnigina o‘zlashtirish bo‘lsa, ularni oldindan o‘rganib, tayyorlanib olish joiz, balki talab qilingan ishdir. Ammo o‘qituvchilardan mutlaq bir fanni, muayyon bosqichgacha puxta o‘zlashtirish talab qilingan bo‘lsa va ularning o‘sha fanni o‘zlashtirganliklari darajasi yuqoridagi testlar bilan o‘lchansa, ularni oldindan olib, o‘shalarning o‘zigagina tayyorlanish aldov va ko‘zbo‘yamachilik bo‘ladi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 178 | Halol va harom