Umidvorlik
Assalomu alaykum! Bir inson qo‘lidan kelganicha mo‘min musulmonlar qatorida ibodatda. Allohni zikr qilish, istig‘foru salovotlar va barcha tavsiya qilingan duolar tilida va dilida. Lekin u odamni borgan sari ishi yurishmay(bir necha yil oldin namozni boshlaganidan beri), qarzga botib boryapti. Nimaiki duolar bo‘lsa xammasini aytib Allohdan umid qilib so‘raydiyu ammo o‘zgarish yo‘q. Allohga tavakkal qilib qarz olib kichik uyini kattalashtirdi. Qizini bo‘yi etilgan. Allohni uyga va to‘yga beraman degan va’dasi bor deb tavakkal qildi. Albatta Allohga tavakkal qilgan odam yutkazmaydi deb men esa yutkazdim deyapti. Endi esa kim tog‘day qarzini so‘rab kelarkin deb yuragini xovuchlab o‘tiradi. Qancha ishga xarakat qilmasin xech narsa o‘zgarmay battar bo‘lsa bo‘ladiki yaxshi bo‘lmaydi. Baribir Allohdan umidvor, lekin kerak paytida bermayaptiyam deydi. Uni savoli: Nega hadisda keltirilgan xamma zikrlarni qoldirmay minglab o‘qigan istig‘forlarim menga foyda bermayapti? Baribir "Duoda bardavom bo‘ling" degan javob berishadi, men bunga qoniqmayman deb savolni menga yozdirdi. Axvoli juda og‘ir u bola bilan profilimiz bitta va javobingizni o‘qiydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taologa zikr va duolarni ne’mat berishi uchun emas roziligi uchun xolis aytish kerak. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan savol-javobni o‘qisin. https://savollar.islom.uz/s/104996
6 May 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 148 | Ruhiy tarbiya