Nasiya savdosidagi xolat
Assalomu alaykum! Sotuvchi transport vositasini xaridorga nasiyaga 300 dollardan oyma oy bo‘lib to‘lashga sotdi jami 4000 dollar summa bo‘lguncha. Kelishuv boshida xaridor pulni berolmasa transport vositasini sotuvchi sotib yuborishi aytildi. Lekin to‘lolmagan taqdirda xaridor bergan pul arenda "suxoy" sifatida sotuvchida qolishi kelishilmadi boshida. Xaridor birinchi oy 300 dollarni o‘z vaqtida berdi, 2 oy 300 dollarni 10-12 kun kechiktirib berdi. 3 va 4 oylar xar xil baxonalar bilan pulni kechiktirib oxiri pul berolmasligini aytdi. Xaridor 4 oy davomida transport vositasidan foydalandi. Sotuvchi xaridorni ogoxlantirdi agar pul berilmasa, transport vositasini boshqa odamga sotishini aytdi. Xaridor sotuvchiga jami 600 dollar bergan va boshqa pul bermasligi to‘g‘risida gapirgan, transport vositasini qaytargan va sotuvchiga transport vositasini boshqa bir insonga sotib yuboring degan. Sotuvchi boshqa birovga (3 tomon) transport vositasini 2200 dollarga naqtga sotgan. Shunda birinchi xaridor sotuvchiga bergan 600 dollaridan 200 dollar qaytarishini so‘ragan. Shunda 400 dollar 4 oy uchun suxoy arenda xisobida o‘tadi degan. 200 dollar bermasa noroziman degan. (Sotuvchi soddalik va bilimsizlik bilan nasiya savdoga bergan edi, xaridor bera olmasligini bilib turib vaqtni cho‘zib xiyla qildi). Ushbu xolatda sotuvchi (nasiyaga bergan tomon) nima yo‘l tutsa to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchi xaridor o‘sha qarzini uzishi shart. U 600 va 2200 (mashinani sotishdan tushgan) beribdi xolos. Qolgan 1200 ni ham bersin. Agar sotuvchi qolganini kechsa joiz. Vallohu a’lam!
30 Dekabr 2023, 15:18 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchi xaridor o‘sha qarzini uzishi shart. U 600 va 2200 (mashinani sotishdan tushgan) beribdi xolos. Qolgan 1200 ni ham bersin. Agar sotuvchi qolganini kechsa joiz. Vallohu a’lam!
30 Dekabr 2023, 15:18 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat