Farzandli bo‘lgan kuyovga suyunchi

Assalomu alaykum! Biz oilada 4 qizmiz, 2 ta opam turmushga chiqqan 2tamiz talabamiz dadamni sog‘ligida muammo bor lekin faqat o‘zlari ishlab bizlarni taminlaydilar. Opamlar xar farzandlik bo‘lishganlarida oyimlar pochchamlarga "Suyunchi" deb 100$dan berishadi vaxolanki bu paytda biz anchagacha pulsiz yuramiz yoki qarz olamiz, biz taraflarda xamma shunday qizlar ekan bo‘lmasam uyat bo‘lar ekan. Iltimos ilm axli shu suyinchi xukmini tushuntirib bering xaqiqatdan xam berish kerakmi? Pochchamlar xam olishga tortinmay olishaveradi, bu dinimiz tarixida birorta insonlar xayotida bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Berish kerak emas. “Uyat bo‘lar ekan” degan gap insonlar o‘zlari to‘qib olgan narsa. Vallohu a’lam!

30 Dekabr 2023, 15:28 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar