Akamning fe’li
Assalomu alaykum! Iltimos manga maslahat berila. Akam dadam bilan oyimni juda ko‘p xafa qiladi. Akamni xatolari, taqdir taqazosi bilan dadam oyim 2012-yildan buyon Rossiyada ishlaydi. Akam dadamga juda ko‘p yolg‘on gapiradi, dadamga baqiradi. Hech Xudodan qo‘rqadigan odamga o‘xshamaydi Astag‘firulloh. Bizga nimani maslahat berasizlar, ba’zan dadamga baqirishidan akamni o‘ldirib qo‘ygim keladi Astag‘firulloh. Nima qilaylik? Kimlardir qabristonga bog‘lab qo‘yinglar deydi, to‘g‘rimi shu?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida akangizdagi bu xulq atvor ota-onangizning tarbiyasining natijasidir. Ota-ona qaerlardadir xato qiladi, natijasi bir kun shu kabi holatlarda namoyon bo‘ladi. Buning eng yaxshi davosi solih insonlarning yoniga olib borish. Bog‘lab qo‘yish degan gap yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:47 | Savol-javoblar | 144 | Bola tarbiyasi