Badiiy kitoblar

Assalomu alaykum! Men xozir Alhamdulillah, maktabda 11 sinfda ta’lim olayapman. Ta’lim tilim rus tili. Inshaalloh Oliy Ta’lim Muassasasiga kirish niyatim bor, shuning uchun xozir tayyorlanayapman test sinovlariga. Alhamdulillah dinimiz ahkomlarini o‘rganib borayapman, namoz ham o‘qiyman. Adabiyot fanidan tayyorlanish uchun Davlat Test Markazi o‘qishni tavsiya qilgan rus tilidagi badiiy kitoblarni ko‘p o‘qiyman. Ammo ba’zi asarlarda shirkona so‘zlar ham uchrab turadi, lekin men shu so‘zlarni o‘qimay tezda o‘tib ketaman. Yana ba’zi asarlarning asosi Bibliya. Men shunaqa asarlarni o‘qishim mumkinmi. Chunki men vaqtimni o‘tkazish uchun emas, balki OTMga kirish uchungina xarakat qilayabman, kirib ketishimni Alloh azza va jalladan so‘rayabman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U joylarini o‘qimang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:56 | Savol-javoblar | 191 | Adabiyot
|
Boshqa savol-javoblar