G‘usldan avvalgi taxorat
Assalomu alaykum! Dinimizdan ozmi-kupmi ilmim bor. Ammo yakinda tanishimning gapi meni o‘ylantirib qo‘ydi. Ya’ni u: - men g‘usldan avval taxorat olaman. G‘usl shu tartibda qilinadi dedi. Meni esa taxorat shart emas axir g‘uslda badannig barcha joyiga suv tegadiku degan fikr bildirdim. G‘usl qilishdan avval taxorat olish shartmi? Agar olish shart bo‘lsa iltimos bunga bir oz tushuncha xam bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘usldan oldin tahorat qilish sunnat. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا اغْتَسَلَ مِنَ الْجَنَابَةِ يَبْدَأُ فَيَغْسِلُ يَدَيْهِ، ثُمَّ يُفْرِغُ بِيَمِينِهِ عَلَى شِمَالِهِ فَيَغْسِلُ فَرْجَهُ، ثُمَّ يَتَوَضَّأُ وُضُوءَهُ لِلصَّلَاةِ، ثُمَّ يَأْخُذُ الْمَاءَ فَيُدْخِلُ أَصَابِعَهُ فِي أُصُولِ الشَّعَرِ حَتَّى إِذَا رَأَى أَنْ قَدِ اسْتَبْرَأَ حَفَنَ عَلَى رَأْسِهِ ثَلَاثَ حَفَنَاتٍ، ثُمَّ أَفَاضَ عَلَى سَائِرِ جَسَدِهِ، ثُمَّ غَسَلَ رِجْلَيْهِ. رَوَاهُمَا الْخَمْسَةُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam junublikdan g‘usl qilsalar, avval ikki qo‘llarini yuvishdan boshlar edilar. So‘ngra o‘ng qo‘llari bilan chap qo‘llariga suv quyib, farj¬larini yuvar edilar. Keyin esa namozga qiladigan tahoratlarini bajarar edilar. So‘ngra suvni olib, panjalarini sochlari ostiga kiritar edilar. Toki, suv yaxshi etganiga ishonganlaridan keyin boshlari ustidan uch hovuch suv quyar edilar. Keyin qolgan tanalariga suv quyar, so‘ngra oyoqlarini yuvar edilar».
Ikkala hadisni beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Oisha onamizning bu hadislari Maymuna onamizning yuqoridagi hadislarini ta’kidlab, unda zikr qilinmay qolgan ba’zi narsalarni bayon qilib kelmoqda.
1. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam junublikdan g‘usl qilsalar, avval ikki qo‘llarini yuvishdan boshlar edilar».
Bu ma’no birinchi hadisda ham kelgan. Ulamolarimiz oldin ikki qo‘lni yuvib olishni sunnat deganlar.
2. «So‘ngra o‘ng qo‘llari bilan chap qo‘llariga suv quyib, farjlarini yuvar edilar».
Bu ma’no ham oldingi hadisda kelgan, lekin o‘ng qo‘l bilan chap qo‘lga suv quyib olish aytilmagan. Ammo aytilmasa ham shunday tushunish bor. Chunki boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Nopok joylarni ushlash uchun ajratilgan chap qo‘lni to‘g‘ridan-to‘g‘ri toza suvli idishga solinmaydi.
3. «Keyin esa namozga qiladigan tahoratlarini bajarar edilar».
Boshqa narsani tushunish kerak emas. Arab tilida qo‘l yuvishni ham tahorat qildi, de-yilaveradi. Shuning uchun bu hadisdagi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tahorat qilganlarini boshqacha tushunish kerak emas. Bu erda aynan namozga qilinadigan tahorat zikr qilingan.
Ulamolar «G‘usldan oldin tahorat qilib olish sunnat», deganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 12:40 | Savol-javoblar | 154 | Tahorat