Oila buzilishi
Assalomu alaykum! Ustoz bir do‘stim bir taqvodor insonni qiziga uylangan edi. Ammo to‘ydan keyin kelinni xizmati va muomalasi qaynota-qaynonaga yoqmay qoldi. Qizni otasi dinni yaxshi bilgani uchun qizini ham yaxshi tarbiya qilgan deb o‘ylashgan ekan. Endiga kelib kelinni kuyovning uydagilardan birontasi ko‘rgisi kelmaydi. Yoki uni yo bizni tanla deb turib olishgan. Do‘stimni uydagilar ham dindan xabardor namozxon, ajrashishga shar’iy uzr yo‘qligini tan ham olishadi. Ammo bir umr o‘zimizga o‘zimiz xizmat qilmaymizku deyishmoqda. Do‘stim safardan keldi uni obkelaman desa qattiq urishib berishibdi. Hatto kazo-kazo ahli ilm kelib yarashtiramiz deyishsa ham uzrimni aytaman ularga deyishmoqda. Kelin haqida: aytgan ishni o‘rnida qilmasmish, ilmga qiziqishi yo‘q, erkatoy, o‘zini otasi nima desa shuni qiladi, ko‘p narsalarga farosati etmasmish va hokazo. Agar vaziyatni tushungan bo‘lsangiz, iltimos shariatning hukmini bilmoqchimiz. Do‘stim qanday yo‘l tutsin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qaynota va qaynonaning xizmatini qilish, duolarini olish ulkan barakot va yaxshiliklarga sabab bo‘ladi. Shunday bo‘lsada kuyov bolaning ota-onasini xizmatini qilmagani uchun ajrashish shar’an uzr hisoblanmaydi. Chunki ularning xizmatlarini qilish kelinning zimmasiga vojib emas. Ularni kelindan xizmat talab qilish undan sadaqa so‘rash bilan barobardir. Chunki kelinning qaynona va qaynotaga qiladigan xizmatlari holis yaxshilik bo‘lib, kelin tomondan ularga qilinadigan fazl-karam hisoblanadi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 08:41 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush