Moshina zakoti

Assalomu alaykum! 1. Arendaga berish uchun moshina oldim 2.500$ qarz oyiga 200 dollordan to‘layman. Rejalarim o‘zgarib sotib yuborishim xam mumkin, shu moshinadan zakot xisoblanadimi yoki 1 yil tursa keyin xisoblanadimi? Agar xisoblansa 2.500$ ajratib xamma pulimdan keyin beramanmi? 2. Evropaga ishlagani ketmoqchi bo‘lib yuribman fura xaydagani, lekin namozlar ibodatlarim qolib ketishi yoki juma nomoziga chiqolmaslikni o‘ylasam oyoq tortmaydi, lekin ishlab bollarga sharoit yaratmoqchiman. Nima maslaxat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar mashinani sotish maqsadida olgan bo‘lsangiz uning qiymatidan qarz miqdorini ayirib, zakot nisobiga qo‘shasiz. Agar sotish niyatida olmagan bo‘lsangiz, yoki yaxshiroq narxda oladigan xaridor chiqsagina sotaman, aks holda sotmayman, deb olgan bo‘lsangiz, undan zakot bermaysiz.2). Namozlarni qazo qilishga hech narsa uzr bo‘la olmaydi. Har qanday ish vaqtida namozlarni ado qilib olishga imkon topsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:03 | Savol-javoblar | 144 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar