Haj safari haqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, ishlaringizga Allohim rivoj, o‘zingizga tinchlik, omonlik bersin. Mening savolim haj mavzusida. Mening egiz opalarim bor. Alhamdulillah hozir oilali va baxtli hayot kechirishmoqda. Eng katta orzularimdan biri ota-onamni hajga yuborish va ushbu maqsadda astoydil harakat qilib halol ishlayapman. Pochchamning roziligi bilan opamni onamga sherik qilib (issiqdan xavotirdaman) hajga yuborsam bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shar’an joiz emas. Chunki bu erda mahramsiz safar qilish bor. Shariatimiz ayollarni erkak mahramsiz safarga chiqishdan qaytargan, garchi u haj safari bo‘lsa ham. Ayollar bir birlariga mahram bo‘la olmaydilar. عَنْ أَبِى سَعِيدٍ الْخُدْرِىِّ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم: لاَ يَحِلُّ لاِمْرَأَةٍ تُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ أَنْ تُسَافِرَ سَفَرًا يَكُونُ ثَلاَثَةَ أَيَّامٍ فَصَاعِدًا إِلاَّ وَمَعَهَا أَبُوهَا أَوِ ابْنُهَا أَوْ زَوْجُهَا أَوْ أَخُوهَا أَوْ ذُو مَحْرَمٍ مِنْهَا Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayol uchun uch kunlik va undan ortiq masofaga otasi yoki o‘g‘li yoki eri yoki aka-ukasi yoki mahram qarindoshisiz safar qilishi xalol bo‘lmaydi», dedilar». Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 08:41 | Savol-javoblar | 196 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar