Qibla noto‘g‘ri ekan
Assalomu alaykum! Qibla haqidagi savol javoblarni o‘qib chiqdim. Shayx hazratlari rohimahulloh bergan javoblarida, bazi odamlarga qibla noto‘g‘ri bo‘lsa qazosini o‘qiysiz deganlar, bazilarga o‘qimaysiz deganlar(qazoni o‘qiysiz deganlarga, qiblani aniqlashni iloji bo‘lib turib aniqlamaganlarga aytganlar). Sizlar bergan javoblarda 45 gradusgacha mumkin deyilgan. 2012-2013 yillardagi rasmlarimga qarasam qibla 45-65 gradusgacha noto‘g‘ri ekan. O‘sha yillari qiblani aniqlashni ham bilmaganman, kompass borligini ham bilmaganman. 12 yillik qazo namozlarimni o‘qiyabman. Endi qibla noto‘g‘ri bo‘lgan yillardagi namozlarim nima bo‘ladi? Ularni ham qazosini o‘qiymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hech kimdan so‘ramasdan yoki o‘sha tomonni qibla deb qasd qilib o‘qimagan bo‘lsangiz namozlarni qayta o‘qish kerak. So‘ragan bo‘lsangiz yoki so‘rashga odam topilmay o‘zingiz shu tomon qibla deb qasd qilib o‘qigan bo‘lsangiz qayta o‘qimaysiz. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 182 | Ibodatlar