Rizq kelishi
Assalomu alaykum! Menga rizq juda qiyin beriladi. Ba’zida jonimdan to‘yib ketaman. 5 vaqt namoz o‘qiyman, ro‘zalar tutaman, kechasi Qur’on yodlayman. Bu maqtanish yoki minnat emas. Nega bunday bo‘lishini bilmayman. Boshqalar ortiqcha harakat qilmasa ham oson topishadi. Lekin menga xamisha qiyini nasib qiladi. Nasihat beringlar, men amal qilay. Oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam umrlarining oxirigacha qorni bug‘doy noniga to‘ymasdan o‘tdilar. Ostilariga solib yotgan narsalari haqida onalarimiz “Ikki qavat qilib berar edik, bir bor to‘rt qavat qilib berganimizda “bunday qilmanglar bu meni tungi namozimdan qoldirdi” deganlar”. U zotga podshoh-payg‘ambar bo‘lish bilan oddiy insonlar kabi holatdagi payg‘ambar bo‘lish taklif qilinganida Sulaymon alayhissalomdek podshoh-payg‘ambardek bo‘lishni xohlamay hamma qatori hayot kechiradigan payg‘ambar bo‘lishni ixtiyor qildilar. Asosiy narsa boy yoki kambag‘al bo‘lib yashashda emas. Alloh taolo rozi bo‘ladigan pokiza hayot kechirishdadir. Siz istig‘forni juda ko‘p ayting. Istig‘for aytishingiz dunyo talabi uchun bo‘lmasin. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 09:14 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar