Kasallik payti Qur’on o‘qish

Assalomu alaykum! Yoshim 21 da qiz bo‘laman 1 yildan o‘tdi men migren kasalligiga chalindim, buning davosi yo‘q ekan bu "xronicheskiy migren". Gap shundaki men kitob o‘qisam va ma’lum bir mahsulotlarni iste’mol qilsam kasalligim xuruj qiladi. Shundan o‘zimni tiyaman. Men Qur’on yodlashni boshlagandim 7 pora bo‘lganda bemor bo‘lib qoldim, shundan beri boshim og‘riydi yodlolmayman, Qur’on o‘qisam og‘riq kuchayib ketadi. Ramazonda xatm qilaman dedim 5 poragacha o‘qib bildim qolganiga yana kasalligim qo‘zg‘adi. Yaqinda ancha pasaygandi boshim og‘rig‘i shunga yana Qur’on o‘qishga o‘tgandim yana kasalligim qo‘zg‘adi. Bu sehr debam bo‘lmaydi chunki dam soldirdim o‘zim ham dam solib yuraman sunnatga muvofiq, bu tibbiy kasal. Shunga Qur’on o‘qimay yasholmayman bu juda qiyin. Allohimdan doim duo qilib so‘rayman. Savolim shuki meni kasalligim qo‘zg‘asa oylab Qur’on o‘qiyolmayman shunga menga gunoh tushmaydimi. Lekin hozirda Tafsiri Hilolni o‘qiyapman kam kam, shu kifoya qiladimi men uchun. Unga qo‘shimcha Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni siyratlariniham o‘qiyopman. Bunaqa kitoblarni ovoz chiqarmay o‘qiyman uchun kamroq og‘riydi, shungayam 1 kunda 5 varoqdan 10 varoqgacha o‘qiyman, undan oshsa og‘riydi boshim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkon darajasida harakat qilib o‘qiyvering. Allohdan yordam so‘rab, sekin-sekin ko‘paytirishga harakat qiling. Siz imkon va topgandingizdan tashqari narsaga mas’ul emassiz. Hozirda ko‘plab kitoblarning audio shakllari mavjud. Ulardan ham foydalansangiz bo‘ladi. Ilm olishga hozirgi kunda sharoit juda yaxshi. Lekin nimani o‘rganyapganingiz, qaerda o‘rganyapganingizga ehtiyot bo‘ling. Ishonchli masdarlardan o‘rganishga e’tiborli bo‘ling. Qur’on yodlashda ham eshitib yodlashingiz mumkin. Bu uslubni tajribadan o‘tkazgan biror mutaxassis bilan bog‘lanib maslahat qiling. Albatta yaxshi shifokor topib davolanishni ham harakatida bo‘ling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:11 | Savol-javoblar | 149 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar