Qabr azobi
Assalomu alaykum! Bu voqealar biz taraflarda odamlarni tildan tilga o‘tib kelayotgan gaplar. Bir ayolni qabrga qo‘yishyotganda u burilib qolaverdi. Surishtirsa u ayol bolalar bog‘chasi mudirasi bo‘lgan va ro‘zg‘origa bog‘chani oziq-ovqatidan doim foydalangan. Yana bir mayitni qabrga joylayotganda qabrga tushgan odamni cho‘ntagidan pasport va ichida alaqanday qog‘ozlar tushib qolgan. U inson ruxsat olib hujjatlarini olish uchun qabrni ochirgan va mayitni tili o‘sib uni bo‘g‘zini va boshini o‘rab olganini ko‘rgan. Surishtirilsa u g‘iybatchi, gap tashuvchi bo‘lgan. Albatta, umrimiz qanday xotima topishini hech kimimiz bilmaymiz. Alloh taolo O‘zi va bandasi orasidagi gunoxni kechirib yuborishi mumkin. Lekin bu gunoxlar bandalar o‘rtasida bo‘layotgan gunoxlar. Banda esa qiyomatda kechirmaydi. Meni savolim shuki: Nima qilsa bu insonlarni gunoxi engillashadi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi gaplarga juda urg‘u bermaslik kerak. Gunohkorlar haqqiga duo va istig‘for aytish lozim. Inson o‘lmasidan oldin tavba qilishi va har bir haq egasini haqqini ado qilish kerak. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 09:24 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar