Vaginizm kasalligi

Assalomu alaykum! Oila qurganimga 10 oy bo‘ldi, biroq ayolim bilan xaligacha qo‘shilganim yo‘q. Sababi ayolimning tibbiyot tili bilan aytganda vaginizm kassaligi bilan chalinganida. Vaginizm kasalligida miyada jinsiy aloqa vaqtidagi og‘riq qo‘rquvi quchli bo‘ladi va mushaklarni tonusi kuchayib ketadi bu esa jinsiy aloqa qilishning iloji bo‘lmaydi degani. Bu kungacha qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz tibbiyot yo‘li bilan xam din taraflama xam davo qilinyapti lekin aytarli foyda bermayapti xozirda butun oilamiz bilan chuqur o‘ydamiz. Allohdan namozlarimizda duo qilib so‘rayapmiz. Ayolimga javobini berib boshqa oila quraymi degan fikr ko‘p keladi lekin ayolimga qarab vijdonim qiynaladi va bu fikrni o‘zimdan uzoqlashtiraman. Bunday vaziyatda nima qilishni bilmay qoldim iltimos maslaxat beringlar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hamma sabablarini qiling. Inshaa Alloh yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

29 Noyabr 2023, 13:30 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar