Singlimni eplab bo‘lmayabdi
Assalomu alaykum! Singlim 18ga kirdi. Bollar bilan gaplashadi, harchand urinmay aka bo‘lib eplay olmayabman. Otamni singlim bilan ishi yo‘q, onamni esa umuman ishi yo‘q. Telefon ishlatadi, juda ko‘p urishib bersam ham, qancha taxdid qilsam ham parvosiga kelmaydi. Doim o‘zini oqlashga urinadi huddiki men tuhmat qilayotgandekman. Vaholanki bir necha marotaba telefoniga sms kelganini ko‘rib qolganman. Otamdan onamdan jahlim chiqadi, bir og‘iz gap aytishmaganidan. Iltimos ustozlar, shu habarni kanalga ham joylang, ota onalar beparvo bo‘lishmasliklari uchun nasihat qilib qo‘ying, ezilib ketdim ustoz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tarbiya ham ota onalarning burchi va farzandlarning haqqidir.
«Tarbiya» so‘zi arabcha «robba» fe’lidan olingan bo‘lib, o‘stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma’nolarini bildiradi.
Musulmon ulamolar «tarbiya»ni bir necha xil ta’rif qilganlar.
Jumladan, imom Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi:
«Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga etkazishdir».
Rog‘ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi:
«Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o‘tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg‘unlik hamda muvozanat ila o‘stirishdir».
Islomda bolalar tarbiyasi ota onaning eng mas’uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba’zi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga etadi. Ammo tarbiya mas’uliyati bardavom bo‘ladi. Zotan, ota onaning farzand ne’matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi. Amaliy shukr – berilgan ne’matni ne’mat beruvchi zotni rozi qiladigan tarzda tasarruf qilish bilan bo‘ladi. Binobarin, farzand ne’matiga amaliy shukr qilish o‘sha farzandni Alloh taologa itoat qiladigan banda qilib tarbiyalash bilan yuzaga chiqadi. Farzand tarbiyasida ota onaning o‘rni qanchalar katta ekanini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflaridan bilib olamiz.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir tug‘ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) ila tug‘iladi. Bas, ota onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi. Bu xuddi hayvonning bus-butun hayvon tug‘ishiga o‘xshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?» dedilar.
So‘ngra Abu Hurayra «Agar xohlasangiz: «(Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl fitratdir. Allohning yaratganini o‘zgartirib bo‘lmas. Ushbu to‘g‘ri dindir», degan oyatni o‘qing», der edi».
To‘rtovlari rivoyat qilishgan.
Ushbu hadisi sharifda Alloh taolo insonlarni yaratish paytida sof tabiat bilan yaratsa ham, keyinchalik insonlar, xususan, ota ona tarbiyasi sababli bu soflikka futur etishi, uning buzilishi haqida so‘z ketmoqda. «Fitrat» sof tabiat, dinni to‘g‘ri qabul qilishga bo‘lgan qobiliyat deganidir.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam dunyoda tug‘iladigan har bir bola sof tabiat bilan, Alloh taoloning dinini qabul qilish qobiliyati bilan tug‘ilishi haqida xabar bermoqdalar.
Demak, Alloh taolo hech kimni avvaldan sen yahudiy bo‘lasan, sen nasroniy bo‘lasan, sen majusiy bo‘lasan, deb majbur qilmaydi. Odamlarning turli dinga mansub bo‘lishiga sabab bor:
«Bas, ota onasi uni yahudiy, nasroniy yoki majusiy qiladi».
Ya’ni, ota onalar bolalarini o‘z dinlarida tarbiyalashlari oqibatida bolalarning sof tabiati buzilib, yahudiy, nasroniy va majusiy bo‘lib qoladilar.
Shu joyda Nabiy sollallohu alayhi vasallam ushbu ma’noni to‘liqroq tushuntirish maqsadida sahobai kiromlarga hissiy bir misol keltirmoqdalar.
«Bu xuddi hayvonning bus-butun hayvon tug‘ishiga o‘xshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?»
Ya’ni har bir hayvon bolasi onasidan bus-butun tug‘iladi. Birortasining qulog‘i yoki burni kesilmagan bo‘ladi. Ammo, egalari belgi qo‘yish maqsadida va yana boshqa niyatda ularning quloqlarini, burunlarini kesadilar va hokazo. Shunga o‘xshab, inson ham onadan sof tabiat bilan tug‘iladi, u yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo‘lib tug‘ilmaydi. Ota onasining tarbiyasi tufayli yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo‘ladi.
Alloh taolo bu dunyodagi narsalarni sababiyat qonuni ila bir-biriga bog‘lab qo‘ygan. Och inson taom emasa, qorni to‘ymaydi. Ota ona qo‘shilmasa, bola tug‘ilmaydi. Xuddi shuningdek, tarbiya bo‘lmasa, inson tarbiya ko‘rgan bo‘lib voyaga etmaydi. Shuning uchun ham Islomda bola tarbiyasiga alohida e’tibor beriladi. Bola tarbiyasi bo‘yicha mutaxassislarimiz: «Bolaning tarbiyasini tug‘ilishi bilan boshlash kerak», deyishadi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 132 | Oila va turmush