O‘ziga sag‘ona qurish

Assalomu alaykum! Inson hayotlik davrida o‘ziga sag‘ona qurishga dinimizda ruxsat bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloma ibn Obidin rohmatullohi alayh «Durrul-Muxtor»ga yozgan hoshiyasida shunday deydilar: «Agar mayyitni erning ostiga dafn qilish mumkin bo‘lsa, er ostiga dafn qilish farz ekaniga ijmo’ qilingandir. Bundan kelib chiqadiki, er ostiga dafn qilish imkoniyati bo‘la turib, mayyitni er ustiga qo‘yib, ustidan sag‘ana qilish bilan farz ado bo‘lmaydi». وهو فرض كفاية إن أمكن إجماعا ومفاده أنه لا يجزي دفنه على وجه الأرض ببناء عليه «Imkon bo‘lsa, mayyitni er ostiga dafn qilish ijmo’an farz hisoblanadi. Bundan er ostiga dafn qilish imkoniyati bo‘la turib, mayyitni er ustiga qo‘yib, ustidan sag‘ana qilish bilan farz ado bo‘lmasligi kelib chiqadi». (Roddul Muhtor). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 09:24 | Savol-javoblar | 158 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar