Korin bilan yotish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qorin bilan yotish gunohligi haqida o‘qib qoldim. Izlash xizmatidan qidirib ko‘rdim, lekin javob topolmadim. Iltimos shu savolga javob bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ya’ish ibn Tixfa al-G‘iforiydan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Otam menga quyidagilarni aytib berdilar. Bir kuni men masjidda qornimni erga qaratib yotgan edim, nogahon bir kishi kelib, oyog‘i bilan meni turtdi-da: «Albatta, bu yotish Allohning g‘azabini keltiradi», dedi. O‘girilib qarasam, u gapirayotgan kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ekanlar. Abu Dovud rivoyatlari. Foyda: Qorinni erga qaratib yotishdan qaytarilgan. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/13517

29 Aprel 2022, 09:35 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar