Qurilish uchun ajratilgan puldan zakot

Assalomu alaykum! Men yaqinda chet davlatida ishlab keldim. Hozirda qo‘limda nisobga etarli daraja pulim bor. Lekin xozircha 2 oydan buyon xech qaerda ishlamayapman va o‘z-o‘zidan oiladagi ro‘zg‘or va boshka xarajatlar shu puldan sarflanyapti. Chunki xozircha boshka joydan keladigan mablag‘ yo‘q.  Pullarni uyda qurilish qilamiz deb niyat qilib turipmiz. Mana shu puldan xam zakot beriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir yil oldin ham nisobga etadigan pulingiz bo‘lgan bo‘lsa, zakot berasiz. Siz zakot berib pulim kamayadi deb o‘ylamang, Alloh taolo berganga O‘zi berishini va’da qilgan. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar