Garov haqida yana

Assalomu alaykum! Bir do‘stim bundan bir necha yil avval bir guruhdosh do‘stimiz bilan, yugurish bo‘yicha garov o‘ynashgandi, ya’ni, marraga kim keyin borsa 100000so‘m yutqazadigan bo‘ldi. Bu o‘yinda do‘stim yutqazib qo‘ydi. Ammo keyinchalik garov haqida o‘qib, uni harom qilinganini bildik. Yutgan bola hozirgacha o‘sha pulni talab qilyapti. Nima qilishni maslahat berasizlar? Qanday yo‘l tutsak bizga halol bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Garovni berish joiz emas. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 131 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar