Qatnashishim yaxshimi?

Assalomu alaykum! Bizda erkak og‘aynilar navbat bilan har 2 haftada dasturxonga topganini qo‘yib o‘tirish qiladi. Eng kamidayam 10-12 kishi yig‘ilamiz. Maqsad og‘aynilar ajralib ketmasligi uchun yig‘ilib turish. Shu o‘tirishdi eng yomon tarafi faqat dunyoviy gurung, birovni boyligi, mayishat gaplar undan ham yomoni hamma ovqat eb bo‘lgandan keyin bir-ikki kishi demasa hammasi karta bilan qimor o‘yinga o‘tib ketadi. Endi ular qancha tikadi, qachongacha o‘ynaydi men bilmayman, chunki turib uyimga ketaman. O‘ynamanglar, shu o‘yindi kerakmas desamam quloq solishmaydi. Shu o‘tirishga qatnashishim joyizmi yoki qatnashmaganim ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularni tug‘ri yo‘lga solishga ko‘zingiz etmasa, qatnashmaganingiz ma’qul. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar