Qazoi qadar

Assalomu alaykum! Bandaga taqdiriga Allohning yozganidan boshqa narsa etmaydi. Agar Alloh bir bandaga hayoti dunyoda o‘tda kuyishni taqdiriga bitgan bolsa, u banda qanchalik o‘zini o‘tdan olib qochmasin unga Allohning bitgani bo‘ladi. Yoxud bir bandani hayoti dunyoda o‘tdan saqlashni iroda qilsa u banda qanchalik o‘zini o‘tga urmasin Allohning bitgani bo‘ladi. Savol tariqasida shuni aytmoqchimanki, Alhamdulillah namoz o‘qiyman va tirikchilik sabab Rassiyada ishlashimga to‘g‘ri keladi. U erda namoz o‘qish biroz mushkul, chunki chet davlatda namoz o‘quvchilarni qattiq tekshirishadi. O‘zimga ziyon etishidan va jonimga zulm qilinishidan qo‘rqaman. Bilaman namoz o‘qimay yurish umrni ziyoda qilmaydi, lekin ba’zi hadislarda «banda agar joniga xavf etishini bilib turib namoz o‘qisa va vafot topsa do‘zaxiy bo‘ladi» deb eshitgandim. Aytmoqchi bo‘lganim banda namozida har qanday holatda bardavom bo‘lgani uchun unga zarar etkazishsa, yoxud qamalsa yoki joniga qasd qilinsa bunda banda gunohkor bo‘ladimi? Buning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! «banda agar joniga xavf etishini bilib turib namoz o‘qisa va vafot topsa do‘zaxiy bo‘ladi» degan gap shayton va uning birodarlarining gaplari. Sahoba roziyallohu anhum va ulardan keyingi barcha Allohga muqarrab bo‘lgan bandalar zararlanishsa ham namozda bardavom bo‘lishdi. Musulmon kishi biroz mard ham bo‘lish kerak. Alloh bir sinov bersa shaytonga sheriklikka rozi bo‘lmasligi kerak. Bir vaqtlar namozxon bo‘lib yurgan kishilar kimlardandir qo‘rqqani uchun namozni tashlab, aroq ichib yuborganlari ham bo‘ldi. Xar qanday holatda namozlarida mustahkam bo‘lib biroz sinovlarga sabr qilib aziz bo‘lganlar ham bo‘ldi. Natijada avvalgilar xor bo‘lib o‘ldi, keyingilar izzat ikromda bo‘ldi. Oxiratdagisini Allohning O‘zi biladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 162 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar