Davlatdan yordam
Assalomu alaykum! Biz AQShda istiqomat qilamiz. Kichik farzandim shu erda tug‘ilgani uchun davlat bizga har oy farzandim uchun oziq-ovqat mahsulotlari olish uchun hisobli kartaga ma’lum miqdorda pul tushiradi. U karta orqali faqatgina berilgan ro‘yxatdagi narsalarni harid qilish mumkin. Savolim shundaki, farzandim ro‘yxatdagi ba’zi narsalarni iste’mol qilmaydi, ya’ni yoqtirmaydi. Natijada shu mahsulotlar uyimizda ko‘payib, eyishga ulgurmay qolayapmiz. U mahsulotlarni do‘kondan olmasa «kuyib ketadi», ya’ni 1 oy ichida olishga ulgurmasak, yoki olmasak kartochkadan o‘chib ketadi. Shunday holatda uvolning oldini olish uchun shu mahsulotlarni boshqalarga berib yuborish mumkinmi? Yoki shunchaki do‘kondan olmay kuyib ketgani afzalmi? Javob uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo kam ta’minlanganga hukm qilish uchun naqd oladigan pulni yashirib, kartadagini e’tiborga oldirib, “kam ta’minlangan oila imtiyozi”ga ega bo‘lish joiz emas. Agar haqiqatan shunga loyiq bo‘laturib, bolasi o‘sha taomni emaydigan bo‘lsa, uni olish ham joiz emas. Uni uvol bo‘ladi deyilmaydi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 10:40 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom