Haromligining hukmi
Assalomu alaykum! Nafaqat o‘zbek xalqi balki qo‘shni xalqlar va chet el davlatlarida xam guvox bo‘lishingiz mumkinki, musulmonlarning tamaki maxsulotlarini chekadigan, spirtli ichimlik istemol qiladigan va spirtli ichimlik istemol qilmay, lekin cho‘chqa go‘shtini eydigan insonlarga bo‘lgan munosabati tamom ila farq qiladi. O‘zbek musulmonlarining orasida ko‘p insonlarning shu nuqtai nazardan gunoxkorlarga (tamaki maxsuloti yoki spirtli ichimlik yoki cho‘chqa go‘shtini istemol qiladigan insonlar) bo‘lgan munosabatlariga guvox bo‘lganimdan kelib chiqib aytishim mumkin-ki, cho‘chqa go‘shtini eydigan insonga nisbatan nafrat tuyg‘usi tamaki chekadigan yoki spirtli ichimlik istemol qiladigan insonlarga bo‘lgan nafrat tuyg‘usidan ancha kuchlidir. Nafaqat yoshlar balki keksalar orasida xam bu xodisalar juda ko‘p marta bo‘lib o‘tganini payqaganlar kam bo‘lmasa kerak deb o‘ylayman. Shu vaziyatlardan kelib chiqqan xolda men bir savol tug‘iladi: Tamaki chekish, spirtli ichimlik istemol qilish va cho‘chqa go‘shtini istemol qilish bir xil darajada harom va gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aroq bilan cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilishning hukmi ikkisi ham Qur’on oyatlari bilan harom qilingan. Bizning diyorlarda cho‘chqa go‘shtini eyish ommaviy urf bo‘lmagani uchun bu ish odamlarga og‘irroq ko‘rinadi. Aroq ichuvchilar ularga nisbatan ko‘proq bo‘lgani uchun odamlar bularni ko‘rib ko‘zlari o‘rgangan, sigaret chekish ham shunday. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom