Muhim savol

Assalamu aleykum hurmatli shayx hazratlari.Olloh umringizni uzoq qilsin.Ilmingiz bundan ham ziyoda bo‘lsin.hurmatli ustoz, meni xayolimdan bitta savol hech ketmayapti,shayton har xil savollar berib qiynalib ketdim, bilamizki Odam alayhissalom qissasida Iblis Odam alayhissalomga sajda qilmaganligi va takabburligi va manmanligi sabab jannatdan quvilgan, savolim shundan iboratki, Iblis jannatdan quvilgandan keyin jannatdagi Odam alayhissalom va Momo havoni qanday qilib vasvasa qilgan?Javobingiz uchun oldindan katta rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizning musiybatingiz ushbu savolingizda o‘z aksini topgan. Dinimizdagi hech bir manba’da ushbu savolning javobini topganga zarracha ham savob va’da qilinmagan. Siz o‘zingiz bilishingiz farz, vojib va sunnat bo‘lgan minglab masalalarni bir tomonga qo‘yib ayni shu befoyda savolga javob axtarmoqdasiz. Bu savolga javob topa olmay qiylanmoqdasiz. Uning o‘rniga farz, vojib, sunnat amallarni qilsangiz bo‘lmasmidi?! Jannatga eltadigan ishni, do‘zaxdan saqlaydigan ishni qilsangiz bo‘lmasmidi?!Shayton birovning vasvasa qilishi uchun uning tumshug‘ining oldida turishi shart deb o‘ylaysizmi?! Shaytondan ta’sirlanadiganlarga u istalgan joydan turib vasvasa qilishi mumkin bo‘lsa nima deysiz?!

3 May 2022, 15:09 | Savol-javoblar | 152 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar