Uyni orqasini o‘rab olish

Assalomu alaykum! Bir videoda bir domla "uyini orqasini o‘raganlarga Allohni la’nati yog‘iladi, joy uniki bo‘lmasa" degan ekan shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zganing erini tortib olgan va o‘zlashtirganlar Allohning la’natiga va qiyomatda og‘ir azobga duchor bo‘ladilar.
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda bunday aytilgan:حَدَّثَنَا أَبُو الطُّفَيْلِ عَامِرُ بْنُ وَاثِلَةَ، قَالَ: كُنْتُ عِنْدَ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ، فَأَتَاهُ رَجُلٌ، فَقَالَ: مَا كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُسِرُّ إِلَيْكَ، قَالَ: فَغَضِبَ، وَقَالَ: مَا كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُسِرُّ إِلَيَّ شَيْئًا يَكْتُمُهُ النَّاسَ، غَيْرَ أَنَّهُ قَدْ حَدَّثَنِي بِكَلِمَاتٍ أَرْبَعٍ، قَالَ: فَقَالَ: مَا هُنَّ يَا أَمِيرَ الْمُؤْمِنِينَ؟ قَالَ: قَالَ: لَعَنَ اللهُ مَنْ لَعَنَ وَالِدَهُ، وَلَعَنَ اللهُ مَنْ ذَبَحَ لِغَيْرِ اللهِ، وَلَعَنَ اللهُ مَنْ آوَى مُحْدِثًا، وَلَعَنَ اللهُ مَنْ غَيَّرَ مَنَارَ الْأَرْضِAbu Tufayl Omir ibn Vosila aytadi: 
«Aliy ibn Abu Tolibning huzurida edim, bir kishi kelib, unga: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam sizga nimalarni sir qilib aytganlar?» dedi. Uning (Aliyning) jahli chiqib, «Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga hech narsani odamlardan yashirib aytmaganlar. Lekin u zot menga to‘rt narsani aytganlar», dedi. Shunda u: «Ey mo‘minlarning amiri! Ular nimalar edi?» dedi. (Aliy) shunday dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Otasini la’natlaganni Alloh la’natlasin. Allohdan boshqaga atab qurbonlik qilganni Alloh la’natlasin, bid’atchiga boshpana berganni Alloh la’natlasin, er belgisini o‘zgartirganni ham Alloh la’natlasin», deganlar».
* Er belgisi – er maydonining hududini, chegarasini belgilovchi narsa. Er belgisini o‘zgartirish deganda belgilangan hudud yoki er maydonining chegarasini o‘zboshimchalik bilan, o‘z foydasiga o‘zgartirib olish tushuniladi.حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ: أَنَّ أَبَا سَلَمَةَ حَدَّثَهُ أَنَّهُ كَانَتْ بَيْنَهُ وَبَيْنَ أُنَاسٍ خُصُومَةٌ، فَذَكَرَ لِعَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، فَقَالَتْ: يَا أَبَا سَلَمَةَ، اجْتَنِبِ الْأَرْضَ، فَإِنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ ظَلَمَ قِيدَ شِبْرٍ مِنَ الْأَرْضِ طُوِّقَهُ مِنْ سَبْعِ أَرَضِينَMuhammad ibn Ibrohim bunday so‘zlab berdi:
«Abu Salamaning aytishicha, u bilan bir guruh odamlar o‘rtasida (bir er xususida) da’volashuv bor ekan. U buni Oisha roziyallohu anhoga aytgan ekan, u: «Ey Abu Salama, erdan uzoqroq bo‘l. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir qarich erni nohaq o‘zlashtirib olsa, uning bo‘yniga etti qavat er osib qo‘yiladi», deganlar», dedi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

6 Oktabr 2022, 14:54 | Savol-javoblar | 113 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar