Kolbasa harommi?

Assalomu aleykum! Bir ko‘rsatuvda aytishdiki, har qanday kolbasa va sosiskalarga cho‘chqa yog‘i qo‘shilar ekan. Cho‘chqa yog‘i qo‘shmasdan ularni ishlab chiqarishning ilojisi yo‘q ekan. Shunga ishonsam bo‘ladimi? Agar rost bo‘lsa men avvallari ularni istemol qilganim uchun gunohimni qanday yuvaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu gap asosli emas. Chunki bugunki kunda musulmonlar ham halol yo‘llar bilan, halol mahsulotlar ishlatib, bu kabi mahsulotlar chiqarishyapti. Agar siz shubhali yoki haqiqatda haromini egan bo‘lsangiz, tavba qilasiz. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar