Yod olganlarim xatomi?

Assalomu alaykum! Men arab alifbosini bilmayman. Menda bitta kitobning o‘zida, ham arab tilida ham kiril tilida suralar yozilgan. Kiril tilida yozilganini yodlaganman. Ular Yosin, Duxon,  Inson, Jin, Muhammad, Rohman, Voqea, Naba, Baqara va boshqa suralar. Ba’zi odamlardan “Arab tilidan boshqa tilda yozilganini yodlash mumkin emas xato hisoblanadi” deb eshitdim. Kitobda shahodat kalimalari ham bor, nomi Qur’oni karimdan ba’zi suralar”. Haqiqtdan ham yod olganlarim xatomi? Kitobni tumanda ko‘zga ko‘ringan qoridan olganman. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yodlaganlaringizni biror mutaxassisdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri o‘qiyotganligingizni tekshirtirib oling. Chunki arab alifbosida to‘rt xil “Z”, uch xil “S” va uch xil “H”lar bo‘lib, ularni kirillchada o‘rinbosari yo‘q. Ularning birini o‘rniga boshqasini talaffuz qilish ila ma’no qo‘pol tarzda buziladi va ko‘p o‘rinlarda namozni buzilishiga ham sabab bo‘ladi. Bizning yurtlarda ham avvaliga xalqning savodini nazarda tutib, «Tafsiri Hilol»da ham Qur’on lafzlarini kirill xatida yozilgan edi. Keyinchalik buni to‘xtatildi. Chunki qadimdan ulamolarimiz Qur’on kalimalarini ajam alifbosida yozishni “Qur’onni tahrif qilishlik” deb fatvo berganlar. Ya’ni “Qur’on ma’nolarini buzish” deganlar. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 159 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar