Zakot beramanmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Meni oyligimdan yillardan davomida pensiya uchun ma’lum bir qismini olib qolishadi va u pullar meni hisobimga yig‘ilib boradi. Ammo, u yig‘ilgan pullarni (miqdori zakot nisobiga etgan) men faqatgina pensiya yoshiga to‘lgandan keyin yoki ishdan bo‘shab ketsamgina olishim mumkin. Savol: Men ushbu yig‘ilgan pullardan bu yil zakot berishim kerakmi yoki qachon olsam o‘shanda to‘laymanmi? Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Olganingizda nisobga etsa keyin berasiz. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 11:35 | Savol-javoblar | 152 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar