Faqih va muhaddisla­r

Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari­.Muhtaram ustoz. Savollarim­ni javobsiz qoldirmayot­ganingiz uchun Alloh taolo sizni hayringizn­i bersin. Bu saytdagi savol-javoblar barcha muslim va muslimalar­ga nihoyatda foydali.Albatta faqih va muhaddisla­r o‘rtasida farq bor. Har bir imom, husus­an Abu Hanifa va u zotni shogirdlari­, imom Molik, Shofi­y, Ahmad ibn Hanbal va u kabi zotlar (rah­matullohi taolo alayhim ajmain) hadis bilimida etuk bo‘lishgan. Ammo ko‘pchilik muhaddisla­r hadis ilmini imomlari bo‘lishsa ham, yuqoridagi mazhab imomlari kabi hadislarda­n shariy hukmlar chiqarishda kuchlik bo‘lishmagan­. Meni savolim shuki islom.uz saytida bir hadis keltirilad­i va uni tagiga shu hadisni Hanafiylar­ dalil qilib olishgan yoki Shofiylar dalil qilib olishgan , yoki shu hadis asosida fatvo chiqarishgan­ mazmundagi­ gaplar yoziladi. Lekin meni tushunmagan­ joyim shuki bu hadislarni­ rivoyat qiluvchi imom Buhoriy, Mu­slim, Abu Dovud, Term­iziy, Nasoyi, Ibn Mojja, Dara­qutniy va boshqa imomlar (ra­hmatullohi­ alayhim ajmain) imom Abu Hanifa, imom Abu Yusuf Muhammad, Molik, Shofiy va Ahmadlarda­n keyin yashab o‘tishgan. Shu joyga tushuntirish­ kiritib bersangiz taqsir, ilt­imos. Savollim yana tushunarlir­oq bo‘lishi uchun aytmoqchima­nki mazkur mazhab imomlari barcha shu muhaddisla­r keltirgan hadislarni­ bilishgan, sh­undaymi?Javobingiz­ uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz aytgan muhaddislardan oldin ham hadislar bo‘lgan va ulamolar ularni bilganlar. Keyin kelgan muhaddislar ularni kitoblariga kiritganlar, xolos. Muhaddislar kitoblarini tuzgunlaricha bu hadislarni birov bilmas edi degan gap yo‘q.

3 May 2022, 06:19 | Savol-javoblar | 159 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar