Payğambarimizga qilinga haqoratga munosabat
Assalomu alaykum! Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir video juda ko‘p joylandi, unda bir ayol Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, ularni oilalariga bo‘hton qilgani, ularni haqorat qilgani ko‘rsatilgan, aslida chin musulmon odam bu kabi ishlarni qilish, bo‘hton qilish, haqorat qilish ayniqsa Anbiyolarni, sahobalarni Muhammad sollallohu alayhi vasallamni haqorat qilish juda katta gunoh ekanligini hattoki ularni nomlaridan yolg‘on gapni Payg‘ambarimiz aytganlar deyish do‘zaxdan joy tayyorlash bilan barobar ekanligini yaxshi biladi. U ayol bu haqida bilmas ekan yoki bilsa ham bunga amal qilmas ekan, lekin boshqalarchi? "Niyatimiz faqat dinga xolisona xizmat qilish, ahli sunna val jamoa mazhabini targ‘ib qilish" degan nom bilan ish yuritayotgan qanchadan qancha kanallar, saytlar diniy maqolalar, hadislar Qur’on oyatlarini tashlab ketidan "Hamma musulmon buni ko‘rsin va tarqatsin" deb post yozib, videodagi ayolni nomi, ish joyi, kimligini ovoza qilib uni qarg‘ab, yuqorida aytilgan videoni yoki shunga o‘xshash narsani ovoza qilishi; hujjat yoki shahodatnomasi bo‘lmagan, biror diniy martabaga ega bo‘lmagan, diniy olim darajasida bo‘lmagan odamlar bu video haqida, o‘sha ayol haqida (o‘zlaricha) munosabat bildirib uni video qilib yana kanallarga, saytlarga joylashtirishlari yoki turli mesenjer gruppalaridagi oddiy odamlar u videoni bir birlariga jo‘natishlari qanchalik to‘g‘ri? Aslida bunday holatda nima qilish zarur? Bunday narsalarni daf qilish o‘rniga uni mavzu darajasiga olib chiqish to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nima bo‘lsa ham hech kim qayta bunday ishga jur’at qilolmaydigan targ‘ibot ishini qilish kerak. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni haqoratlash gunohligi, balki murtadlik ekanligini bilmaganlarga bildirish kerak. Chunki bu kelgusida o‘sha kabi ishlarga qo‘l uruvchilarning tavba qilib qolib, oxiratlari kuyishidan saqlashga sabab bo‘lsin. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 11:35 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar