Sovukda-taxorat urniga tayammum

Bismillaxir roxmanir roxim. Assalomu alaykum. Avvalidan sizdan uzr suragan xolda. Olloxni buyruglariga suzsiz itoat etishlikka va Paygambarimiz S.A.V. sunnatlariga iloji boricha xarakat kilmok xamma mumin musulmon uchun farzdir. Shunga karamasdan kundalik xayotimizda uchraydigon ibodatimizga xalal beradigon narsalar paydo buladi. Masalan: Men davlat ishxonasida ishlayman. 65 kishidan 3-kishi namoz ukiymiz. Shuning uchunmi taxorat uchun namoz uchun xech kanday sharoitlar yuk. Yoz oylarida taxoratni kilib olardik. Namozni ukishga joy topib podvalga tushib Olloxga shukur ilojini topyapmiz. Jumani esdan chikardik desak xam buladi. Tankid -tankid masala bunda emas. Xozirda taxorat uchun bir issik joy yuk. Kiyimlarimiz kavat-kavat. Albatta bu baxona bula olmaydi. Lekin -10 gradus sovukda taxorat olmok. Xar kanday odamni kasal kilib kuyadi. Albatta uydan taxorat ila kelyapmiz. Peshingacha iloji boricha ushlab turibmiz. Keyin asr va shom namozlariga taxoratsiz bulib kolib boshimiz gangib kolyapti. Kazo etib uyda ukiyapmiz. Savol: Shu xolatda tayammum ila namoz ukisak bulaveradimi. Suv bor sharoit yuk. yoki kazo kilib ukishga majburmizmi. Meni tugri tushunasiz degan umiddaman. Ollox xammamizni oxiratimizni obod etsin. Din yulida kilayotgan xizmatingiz ajrini Ollox uzi tula-tukis bersin. Bizni xam duo kilib turing. (Etkazishda xatolar bulsa uzr)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Iloji boricha tahorat qilishga urinish vojib. Ammo namozni qazo qilib bo‘lmaydi. Tayammum qilish shuning uchun shariatga kiritilgan. Qazo qilmasdan tayammum bilan bo‘lsa ham, namozni o‘z vaqtida o‘qinglar.

1 May 2022, 05:44 | Savol-javoblar | 201 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar