Ro‘za tutishga kechasi niyat qilish

Assalomu alaykum! Kechasi ertaga og‘iz yopishga turaman deb saharlikka uxlab qolsa va turgandan so‘ng ro‘za niyati o‘qilmasa ro‘za durust bo‘ladimi? Agar shu ro‘zani ro‘zam durust bo‘lmadi deb ochib yuborsa kafforat tutadimi? Agar kafforatini tutsa uzluksiz tutilishini bilamiz. Ayollarda o‘rtada uzulish bo‘ladi-ku, nima qilishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Agar turib eb-ichmagan bo‘lsa ro‘zasini davom ettiraveradi.
2). Qazo tutadi.
3). Ayollar uzrli kunlari tugashi bilan davom ettiradi. Qoldirgan kunlarini ham keyin tutib beradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:10 | Savol-javoblar | 158 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar