Topib olingan pul to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Bir kuni ko‘chada 1.000 so‘m topib oldim, atrofda xech kim yo‘q edi, shunga oldimda masjidga egasini bilmaganligim uchun noma’lum odam nomidan exson qutisiga sadaqa qildim. O‘sha kunning o‘zida shom namozidan qaytayotganimda yana 5.000 so‘m topib oldim. Yana o‘sha holat, egasini so‘rash uchun atrofda xech kim yo‘q. O‘sha kuni xufton namoziga va ertasi kuni bamdod namoziga chiqolmadim. Shunga peshin namoziga chiqqanimda yana noma’lum odam nomidan exson qutisiga tashladim. Bu ishlarni qilganim boshqa ko‘chada ichuvchi odamlar topib ichimlik ichib yotganidan ko‘ra masjid o‘z ehtiyoji yoki kam ta’minlanganlarga ulashishlari uchun exson qutisiga tashladim. Yuqoridagi ishimdan savob yo‘q, lekin gunox emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunoh bor. Unaqangi tashlandiq pullarni masjidga sarflash joiz emas. Masjidga pul va mollarning eng pokizasini sarflash kerak. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 04:36 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar