Zikr va salovatlar

Assalamu alaykum! La havla vala quvvata illi billah, Subhanallohi va bihamdihi subhanallohil azim va Kalamai shahodat - Ashhadu al la ilaha illollohu vahdahu la sharika lahu kabi kalimalarni tahoratsiz zikr qilib yursam joizmi? Oldindan rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda bunday zikrlar uchun tahorat shart qilinmagan. Shu ishingizda bardavom bo‘lsangiz quyidagi hadislarga amal qilgan bo‘lsiz.
عن عائشة قالت كان رسول الله صلى الله عليه وسلم يذكر الله عز وجل على كل أحيانه
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi : "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamma holatda Alloh azza va jallaning zikrida bo‘lar edilar". Abu Dovud, Ibn Mojalar rivoyati.
عن علي قال كان رسول الله صلى الله عليه وسلم يقرئنا القرآن على كل حال ما لم يكن جنبا
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam junublikdan boshqa barcha holatlarda bizlarga Qur’onni ta’lim berar edilar". Abu Dovud, Ibn Moja, Hokimlar rivoyati. Vallohu a’lam.

20 Aprel 2022, 20:20 | Savol-javoblar | 198 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar